Kun startapi

Moomkin

O‘zbekistondagi chegirmalar, aksiyalar va promokodlar platformasi

Elektron tijorat

Asosiy ma’lumotlar

Soha
Elektron tijorat
Bosqich
O‘sish
Jamoa
46 kishi
Biznes model
B2B2C
Moliyalashtirish
Akselerator

Startap haqida

Moomkin — bizneslarni xaridorlar bilan chegirma va aksiyalar orqali bog‘laydigan marketing va savdo platformasi. Foydalanuvchi sayt yoki mobil ilovada O‘zbekistondagi kompaniyalarning chegirmalari, maxsus takliflari va promokodlarini topadi. Bizneslar uchun esa bu reklama xarajatini oshirmasdan yangi mijoz jalb qilish kanali. Loyiha UzCombinator akseleratorining 1-mavsumida qatnashgan.

Muammo

Bizneslarda mijoz oqimi past, savdo kanallari va marketing qimmat.

Yechim

Chegirma va promokodlar orqali bizneslarni ularga qiziqqan auditoriya bilan bog‘lash.