Binova
Qurilish materiallari, pudratchilar va texnika ijarasi uchun marketpleys
Elektron tijorat · Toshkent
Asosiy ma’lumotlar
Startap haqida
Binova — qurilish sohasi uchun raqamli platforma. Mijozlar bitta marketpleysda qurilish materiallari yetkazib beruvchilari, pudratchilar va maxsus texnika ijarasi kompaniyalarini topadi, narxlarni solishtiradi va buyurtma beradi. Platformada qurilish bo‘yicha qaror qabul qilishga yordam beruvchi AI yordamchi ham bor. Binova veb, Android va iOS ilovalarida ishlaydi. Loyiha UzCombinator akseleratorining 2-mavsumida qatnashgan.
Muammo
Qurilish bozori tarqoq: materiallar, pudratchilar va texnika har biri alohida joyda qidiriladi, narx va sifatni solishtirib bo‘lmaydi, jarayon tanish-bilish orqali yuradi.
Yechim
Materiallar, pudratchilar, texnika ijarasi va AI yordamchini bitta platformada birlashtirish.