Kun startapi

Taxminator

Futbol, kripto, valyuta va siyosat voqealarini taxmin qilib ochko yig‘ish o‘yini

Media va ko‘ngilochar

Asosiy ma’lumotlar

Soha
Media va ko‘ngilochar
Bosqich
Ishga tushgan
Biznes model
B2C

Startap haqida

Taxminator — voqealar natijasini taxmin qilish o‘yini. Futbol (jumladan Superliga va 2026-yilgi jahon chempionati), kriptovalyuta, oltin, valyuta kursi va siyosat bo‘yicha savollarga javob berib ochko yig‘iladi, ketma-ket to‘g‘ri taxminlar seriyasi oshiriladi va reytingda ko‘tariladi. Pul tikilmaydi — faqat ochko va g‘urur. Ovoz bergach boshqa ishtirokchilar fikri ko‘rinadi. Platforma uch tilda ishlaydi, kirish Telegram orqali.

Muammo

Voqealar haqida bahslashish qiziq, lekin pul tikish xavfli va ko‘pchilik uchun nomaqbul.

Yechim

Pulsiz taxminlar, ochkolar va reyting orqali raqobat qiziqishini saqlaydigan o‘yin.