Kun startapi

Shortly

O‘zbekiston yangiliklari bir joyda: mavzu bo‘yicha guruhlangan lenta va AI xulosa

Media va ko‘ngilochar

Asosiy ma’lumotlar

Soha
Media va ko‘ngilochar
Bosqich
Ishga tushgan
Tashkil topgan
2026
Biznes model
B2C

Startap haqida

Shortly — O‘zbekiston yangiliklarini bir joyga to‘playdigan mustaqil agregator. Kun.uz, Gazeta.uz, Daryo, UzA, O‘zbekiston 24 va boshqa nashrlarning rasmiy lentalaridan xabarlar avtomatik yig‘iladi, bir voqea haqida turli nashrlar yozgan maqolalar bitta kartochkaga birlashtiriladi. Har bir voqea uchun sun’iy intellekt qisqa xulosa tayyorlaydi, asl maqolaga esa har doim havola beriladi. Saytda kategoriyalar, trenddagi yangiliklar, sana bo‘yicha arxiv va haftalik dayjest bor; eng muhim xabarlar Telegram kanalida ham chiqadi.

Muammo

Kun davomidagi muhim voqealardan xabardor bo‘lish uchun o‘nlab nashr va kanalni aylanib chiqishga to‘g‘ri keladi, bir voqea esa turli joylarda qayta-qayta takrorlanadi.

Yechim

Barcha nashrlardan yangiliklar bitta toza lentada, voqea bo‘yicha guruhlangan va AI xulosasi bilan, manbaga havola saqlangan holda.