REZVO
Restoranlar, turizm va go‘zallik sohasi uchun bron qilish va CRM tizimi
Oziq-ovqat va restoranlar
Asosiy ma’lumotlar
Startap haqida
REZVO — restoranlar uchun onlayn bron qilish va CRM platformasi sifatida boshlangan, hozir esa HoReCa, turizm va go‘zallik sohasi uchun yagona tizim (REZVO OS). Restoran modulida zal sxemasi, stol bron qilish, QR-menyu, depozitlar, sharhlar va sodiqlik dasturi bor. Turizm modulida mualliflik turlari va oldindan to‘lov bilan bron, go‘zallik modulida esa mutaxassislar jadvali va 24/7 onlayn yozilish. Barcha modullar yagona mehmonlar bazasi va tahlil bilan bog‘langan. Loyiha UzCombinator akseleratorining 1-mavsumida qatnashgan.
Muammo
Restoran va xizmat ko‘rsatish bizneslarida bronlar telefon va daftar orqali yuritiladi, mehmonlar haqidagi ma’lumot yo‘qoladi va marketing uchun foydalanilmaydi.
Yechim
Onlayn bron, mehmonlar bazasi, to‘lovlar va sodiqlik dasturi bitta platformada.