Kun startapi

OsonNasiya

Nasiya savdosi uchun CRM: mijozlar, shartnomalar va to‘lovlar bir joyda

Biznes uchun dasturlar

Asosiy ma’lumotlar

Soha
Biznes uchun dasturlar
Bosqich
Ishga tushgan
Biznes model
B2B

Startap haqida

OsonNasiya — nasiyaga savdo qiladigan do‘konlar uchun bulutli CRM. Unda mijozlar bazasi va to‘lov tarixi yuritiladi, nasiya shartnomalari raqamlanadi, to‘lov jadvali avtomatik hisoblanadi. To‘lov sanasi yaqinlashganda yoki kechikkanda mijozga Telegram orqali avtomatik eslatma boradi. Naqd, o‘tkazma, Click va Payme to‘lovlarini qayd etish, ombor hisobi va bir nechta filialni alohida boshqarish imkoniyati bor. Hozircha barcha imkoniyatlar bepul, ro‘yxatdan o‘tish bir daqiqa oladi.

Muammo

Nasiya savdosi ko‘p do‘konlarda daftar va Excel’da yuritiladi: to‘lov muddatlari unutiladi, qarzdorlar nazoratdan chiqadi.

Yechim

Shartnoma, to‘lov jadvali va Telegram eslatmalarini avtomatlashtiradigan, filiallar va omborni ham qamrab oladigan bitta tizim.