Kun startapi

Dental Soft

Stomatologiya klinikalari uchun raqamli boshqaruv tizimi

Sog‘liqni saqlash

Asosiy ma’lumotlar

Soha
Sog‘liqni saqlash
Bosqich
Ishga tushgan
Biznes model
B2B

Startap haqida

Dental Soft — stomatologiya klinikalarini boshqarish tizimi. Bemorlar qabulga onlayn yoziladi va avtomatik eslatma oladi, shifokorlar jadvali tartibga solinadi, qog‘ozdagi ro‘yxatga olish o‘rnini elektron yozuvlar egallaydi. Tizim billing va to‘lovlarni kuzatadi, moliyaviy hisobotlarni bir tugma bilan tayyorlaydi. Sayt o‘zbek, rus va ingliz tillarida.

Muammo

Ko‘p klinikalarda bemorlarni yozish va jadval tuzish qog‘ozda yuritiladi: navbatlar chalkashadi, to‘lovlarni kuzatish qiyin.

Yechim

Onlayn yozilish, eslatmalar, shifokorlar jadvali va moliyaviy hisobotlarni birlashtirgan bitta tizim.