Kun startapi

Borbozor

Chet eldagi o‘zbekistonliklar uchun ish, uy-joy va savdo e’lonlari bir joyda

Ish va kadrlar

Asosiy ma’lumotlar

Soha
Ish va kadrlar
Bosqich
Ishga tushgan
Biznes model
B2C

Startap haqida

Borbozor — chet elda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun e’lonlar platformasi. Ish, uy-joy, kuryerlik (pochta) va savdo e’lonlari Telegram guruhlaridan jonli yig‘iladi, saralanadi va qulay qidiruv bilan bitta joyda ko‘rsatiladi. Hozir Turkiya, Koreya, Yaponiya va Dubay qamrab olingan. Platforma o‘zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi.

Muammo

Chet eldagi muhojirlar uchun ish va uy-joy e’lonlari o‘nlab Telegram guruhlariga sochilib ketgan, kerakli e’lonni topish qiyin.

Yechim

E’lonlarni guruhlardan avtomatik yig‘ib, davlat va tur bo‘yicha saralangan holda bitta qidiruvga jamlash.