Kun startapi

1mahalla

Ko‘p qavatli uylar va turar-joy majmualarini boshqarish uchun yagona platforma

Ko‘chmas mulk · Toshkent

Asosiy ma’lumotlar

Soha
Ko‘chmas mulk
Bosqich
Ishga tushgan
Shahar
Toshkent
Biznes model
B2B
Moliyalashtirish
Akselerator

Startap haqida

1mahalla — ko‘p qavatli uylarni boshqarishni raqamlashtiruvchi platforma. U quruvchilar, uy-joy boshqaruv kompaniyalari, TSJ va aholini bitta tizimda bog‘laydi: kvartira savdosi, to‘lovlar va qarzdorlik, nosozlik arizalari, hisoblagichlar va e’lonlar bir joyda yuritiladi. Arizalarni sun’iy intellekt avtomatik toifalaydi, hisoblagich ko‘rsatkichi esa fotosuratdan o‘qiladi. Aholi o‘z arizasi va to‘lovlarini ilovada real vaqtda kuzatadi. Loyiha UzCombinator akseleratorining 2-mavsumida qatnashgan.

Muammo

Boshqaruv kompaniyalari arizalar, to‘lovlar va uy ma’lumotlarini Telegram guruhlari, qog‘oz daftarlar va Excel fayllarida yuritadi: arizalar yo‘qoladi, to‘lovlar kechikadi, aholi norozi bo‘ladi.

Yechim

Savdodan boshqaruvgacha barcha jarayon bitta platformada: qarzdorlik nazorati, arizalar holati, moliyaviy hisobot va uy xabarnomalari.