Asosiy ma’lumotlar
Startap haqida
Tokcha — elektron kitoblar, audiokitoblar va podkastlar ilovasi. Katalog har hafta yangilanadi, kitoblarni internetsiz ham o‘qish va tinglash mumkin, tavsiyalar foydalanuvchi qiziqishiga qarab beriladi. Kitoblardan iqtibos saqlash va sharh yozish imkoniyati bor, shaxsiy ma’lumotlar iPhone va iPad o‘rtasida sinxronlanadi. Kitoblar mualliflik huquqiga rioya qilingan holda jamlanadi va mualliflarga qalam haqi ulashiladi. Ilovani KITAPP MChJ ishlab chiqqan, Android va iOS’da mavjud.
Muammo
O‘zbek tilidagi kitoblarning qonuniy raqamli nusxalarini bir joyda topish qiyin, mualliflar esa raqamli o‘qishdan daromad ko‘rmaydi.
Yechim
Mualliflik huquqi himoyalangan kutubxona: oflayn o‘qish va tinglash, mualliflarga esa qalam haqi.
Shu sohadagi boshqa startaplar
So‘zgir
O‘zbek tilidagi so‘z o‘yinlari: kuniga bitta so‘z, butun O‘zbekiston uchun bir xil
Taxminator
Futbol, kripto, valyuta va siyosat voqealarini taxmin qilib ochko yig‘ish o‘yini