Aisha AI
O‘zbek, rus va ingliz tillarida ovozli AI: qo‘ng‘iroq agentlari, nutqni matnga va matnni nutqqa aylantirish
Biznes uchun dasturlar · Toshkent
Asosiy ma’lumotlar
Startap haqida
Aisha AI — Toshkentda nutq bo‘yicha sun’iy intellekt yaratayotgan jamoa (VoiceLab). Ovozli agent kompaniyaning qo‘ng‘iroqlariga 24/7 javob beradi: qabulga yozadi, savollarga javob qaytaradi, kerak bo‘lsa operatorga ulaydi va Bitrix24, amoCRM yoki boshqa CRM’ga yozib qo‘yadi. Text-to-Speech tabiiy o‘zbekcha ovozlarni ohang va tezlikni boshqarish bilan beradi, Speech-to-Text esa o‘zbek, rus va ingliz tilidagi nutqni so‘zlovchilarni ajratgan holda matnga aylantiradi. Call Metrics har bir qo‘ng‘iroqni sifat va kayfiyat bo‘yicha baholaydi, Echo esa macOS va Linux’da diktovka qilingan matnni tozalab yozadi. Dasturchilar uchun API mavjud.
Muammo
Global nutq texnologiyalari o‘zbek tilini yomon tushunadi va sun’iy talaffuz qiladi, bizneslar esa qo‘ng‘iroqlarga 24/7 javob berishga odam topa olmaydi.
Yechim
O‘zbek tili uchun maxsus o‘qitilgan TTS va STT modellari hamda ular asosidagi ovozli agentlar va qo‘ng‘iroq tahlili.